12:22 / 03.01.2023
876

Yevroparlament ikki deputatni daxlsizlikdan mahrum qilish jarayonini boshladi

Yevroparlament ikki deputatni daxlsizlikdan mahrum qilish jarayonini boshladi
Foto: AP
Yevroparlament (YEP) raisi Roberta Metsola yirik korrupsiya mojarosini tergov qilayotgan Belgiya sud tizimi iltimosiga ko‘ra, ikki deputatni parlament daxlsizligidan mahrum qilish bo‘yicha «shoshilinch tartib» tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda YEPning 2 yanvar, dushanba kuni chop etilgan press-relizida aytiladi.

«Birinchi daqiqadan boshlab Yevropa parlamenti tergovga yordam berish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi va biz tegishli shaxslar jazosiz qolmaslik uchun harakat qilishda davom etamiz, - dedi Metsola. - Korrupsiyani oqlab bo‘lmaydi va biz unga qarshi kurashish uchun hamma narsani qilamiz». YEP rahbari barcha xizmatlardan ushbu protsedurani 13 fevralgacha yakunlash uchun unga ustuvor ahamiyat qaratishni so‘radi.

Matbuot xabarida qaysi ikki deputat haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritilmagan. AFP, Reuters va AP agentliklarining o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, tergovda ayblanuvchilar italiyalik Andrea Kotssolino va belgiyalik Mark Tarabelladir.

Korrupsiya mojarosi fonida dekabr oyida Yevroparlament vitse-prezident Yeva Kayli lavozimidan chetlatilgan edi. U qamoqqa olingan va Belgiya rasmiylari tomonidan jinoiy tashkilotga aloqadorlik, pul yuvish va korrupsiyada ayblangan to‘rtta gumonlanuvchidan biri bo‘lib turibdi. 22 dekabr kuni Bryusseldagi Birinchi instansiya sudi dastlabki tergov palatasi Kaylining sudgacha hibsga olish muddatini bir oyga uzaytirdi.

Yevroparlamentda Kayli Qatardagi mehnat bozoridagi vaziyatni kuzatuvchi vakillardan biri bo‘lgan, u yerda huquq faollari Osiyo va Afrikadan kelgan mehnat muhojirlari huquqlarining ko‘plab buzilishi holatlarini qayd etishgan. 2022 yilgi Jahon chempionati boshlanishidan biroz oldin Kayli Qatar mehnat vaziri bilan uchrashdi va 22 noyabr kuni YEPda nutq so‘zlab, Qatardagi mehnat bozori islohotiga ijobiy baho berdi hamda uni «arab dunyosini ilhomlantirdi» deb atadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo