06:30 / 04.01.2023
1 499

Britaniyada «so‘nggi umid xatlari» siri ochildi

Britaniyada «so‘nggi umid xatlari» siri ochildi
Foto: Andrew Linnett/MoD Crown Copyright via Getty Images
Buyuk Britaniyada letters of last resort (so‘nggi umid xatlari) nima ma’no anglatishini oshkor qilishdi. Avval ularni har bir yangi bosh vazir yozishi ma’lum edi xolos. Qolgan hamma narsa sirli parda ostida yashiringan edi.

Endi ma’lum bo‘ldiki, Britaniyaning har bir bosh vaziri rasman o‘z lavozimini egallaganidan keyin mamlakat mudofaa shtabi boshlig‘i bilan alohida suhbat o‘tkazishi shart.

Ushbu maxfiy suhbatning ma’nosi juda oddiy - harbiylar bosh vazirni hatto bitta yadroviy raketa nima qila olishi haqidagi tafsilotlar bilan tanishtiradi. Shuningdek, urush boshlansa, Qurolli Kuchlar qo‘mondonligining rejalari qanday bo‘lishi haqida gapiradi.

Shu asnoda harbiylar mas’uliyatni yangi bosh vazir yelkasiga yuklaydi. Hukumat rahbari esa «so‘nggi umid xatlari»ni yozishga kirishadi. Aniqrog‘i, faqat bitta xat, lekin to‘rt nusxada. Matn faqat qo‘lda yoziladi, yozuv mashinkasi yoki printerdan foydalanish mumkin emas.

Har bir xatga ko‘rsatmalar alohida ilova qilinadi, matnni o‘qishdan oldin bajarilishi kerak bo‘lgan harakatlar tavsiflanadi. Xatlar konvertlarga muhrlanib, yadroviy raketalar bilan jihozlangan suvosti kemalari kapitanlariga yuboriladi. Suvosti kemasi bortida konvertlar seyf ichidagi yana bir seyfga joylashtiriladi.

Xatda bosh vazirning qasos quroli rolini o‘ynashga qodir suvosti kemalari kapitanlariga so‘nggi buyrug‘i yozilganini taxmin qilish oson. Xat faqat favqulodda holatlarda ochiladi, masalan, agar dushman to‘satdan Londonga zarba bersa yoki bir zarbada Britaniya Qurolli kuchlari rahbariyatini yo‘q qilsa.

Bularning barchasi nima uchun kerak? Hammasi juda oddiy: maxfiylikning eng yuqori darajasi Buyuk Britaniya hujum qilishga urinayotganda o‘zini qanday tutishini aniq bilishni imkonsiz qiladi.

Xatlar har yangi bosh vazir tayinlanganida almashtiriladi. Oldingi bosh vazir yozgan xatlar ochilmasdan yo‘q qilinadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo