
Foto: Reuters / Turkiya prezidentining rasmiy sayti
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ukraina davlat rahbari Vladimir Zelenskiy va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan. Ta’kidlanishicha, ushbu haftada oliy darajadagi aloqalar bo‘lib o‘tadi.
Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Qalin Hurriyet nashriga ma’lum qilishicha, muzokaralar 4 yanvar, chorshanba kuni bo‘lib o‘tishi kerak. Suhbat mavzusi haqida ma’lumot berilmagan, biroq katta ehtimol bilan Erdo‘g‘an ikkala hamkasbini murosaga chaqirishga urinib ko‘radi.
Putinning Erdo‘g‘an bilan muzokaralarini Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham tasdiqlagan.
Turkiyaning Ukrainadagi urush bo‘yicha pozitsiyasi ma’lum. Turkiya prezidenti Ukrainadagi urush hech kimga foyda keltirmasligini bir necha bor ta’kidlagan. Erdo‘g‘an urushni tugatish yo‘lini topish uchun Zelenskiy va Putin bilan tez-tez muzokaralar olib bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar