
Foto: Kreml rasmiy sayti.
Rossiya armiyasining «Admiral Gorshkov» frageti gipertoshuvli «Sirkon» raketalari bilan qurollangan holda Atlantika hamda Hind okeanlari bo‘ylab jangovar sayohatga chiqdi. Harbiy kemaning rasman sayohatni boshlash jarayonida Rossiya prezidenti Putin ham qatnashdi.
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, harbiy kema Atlantika va Hind okeanlaridan tashqari O‘rta Yer dengiziga ham boradi. Marosimda qatnashgan Putin navbatdagi marta «Sirkon» raketasining dunyoda analogi yo‘qligini ta’kidladi.
«Admiral Gorshkov» oxirgi yillarda rus OAVsida tez-tez tilga olinayotgan fraget bo‘lib, Rossiya harbiy dengiz kuchlariga 2018 yilda qabul qilingan. Kema «Sirkon» gipertoshuvli raketasi sinovida ko‘p marta qatnashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar