
Foto: The New York Times
«Tolibon» Afg‘onistonning Logar viloyatida og‘zaki tortishuvdan so‘ng ayol hamshiralardan birining qo‘lini sindirib, bir qancha erkak shifokorlarni kaltakladi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
Hodisa 11 yanvar kuni viloyat kasalxonalaridan birida sodir bo‘lgan. Kasalxonaning bolalar bo‘limiga xotini va bolasi bilan borgan Dabihulloh ismli «Tolibon» a’zosi shu bo‘lim hamshirasi bilan og‘zaki janjallashib qolgan. Janjal hamshira bolalar bo‘limida karavot yo‘qligi sababli «Tolibon» a’zosining bolasini boshqa xonaga yotqizmoqchi bo‘lganidan keyin boshlangan.
Dabihulloh shundan so‘ng hamshira xonasining eshigini urgan, natijada hamshira qo‘li singan. Voqeadan keyin «Tolibon» a’zosi kasalxonaning erkak shifokorlarini kaltaklagan va haqorat qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar