594
Ukrainada urushning 322-kuni: Baxmutdagi ilma-teshik bo‘lgan zamin va Belarus bilan chegaradagi jangchilar (foto)

Ukrainada urushning 322-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- «Vagner» asoschisi Yevgeniy Prigojin uning bo‘linmalari Soledarning butun hududini nazorat qilayotgani va shahar «to‘liq ozod» etilib, Ukraina qurolli kuchlarining 500 nafar harbiysi o‘ldirilganini aytdi. Ukraina tomoni Prigojinning bayonotini rad etib, shahar uchun hamon og‘ir janglar davom ettirilayotganini ma’lum qildi.
- Rossiyaliklar Xerson markazini o‘qqa tutishi oqibatida perinatal markaz binosi shikastlandi. Binoda yong‘in boshlangan, portlash to‘lqini bo‘lalar bo‘limidagi derazalarni to‘kib tashlagan. Xodimlardan biri yengil tan jarohati olgan.
- Volodimir Zelenskiy «Oltin globus» taqdimot marosimida videoaloqa orqali chiqish qildi. U «uchinchi jahon urushi bo‘lmasligi», chunki «Ukraina Rossiya agressiyasini to‘xtatishi»ni aytdi.
- Ukraina prezidenti shu kuni Lvivga tashrif buyurdi. Bu yerda u urushda halok bo‘lgan ukrain harbiylarini xotirladi va Polsha hamda Litva prezidentlari bilan uchrashdi. Polsha prezidenti Andjey Duda Ukrainaga Leopard tanklari rotasi yetkazib berilishini vada qildi.
- Safarbarlik chog‘ida «Patriot» markazida komandiri bilan bahslashgan Aleksandr Leshkov besh yil-u olti oyga qat’iy rejimli koloniyaga ozodlikdan mahrum qilindi.
- RF qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov RFning Ukrainadagi birlashgan qo‘shinlari qo‘mondoni etib tayinlandi. General Surovikin uning o‘rinbosariga aylandi.
Soledar uchun jang
9 yanvar kuni Ukraina Rossiyaning «DXR» hududidagi qo‘shini (asosan «Vagner» guruhi yollanma jangchilaridan iborat) Donetskdan 100 kilometr, Baxmutdan esa 16 kilometr masofada joylashgan Soledar shahrini shturm qilishga kirishgani haqida xabar berdi. 10 yanvar tongida Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi vagnerchilar katta ehtimol bilan Soledarning aksar qismini nazoratga olganini xabar qildi, keyingi kuni esa xususiy harbiy kompaniya asoschisi Yevgeniy Prigojin shahar to‘liq egallangani haqida hisobot berdi. Ammo Ukraina qurolli kuchlari bu ma’lumotlarni tasdiqlamayapti va Soledarning g‘arbiy chekkasida mudofaa janglari davom ettirilayotganini aytmoqda.

Soledar yaqinidagi pozitsiyalarida turgan ukrain harbiylari
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Ukrainlarning «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan rossiyaliklar pozitsiyalari o‘qqa tutilishi
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Soledar uzra qora tutun
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Ukrainlar harbiy samolyot front chizig‘ida raketalardan qochish uchun «issiqlik tuzoqlari» hosil qilmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Maxar Technologies Soledardagi vayron bo‘lgan binolarning sun’iy yo‘ldosh orqali olingan tasvirlarini e’lon qildi
Maxar Technologies / Scanpix / LETA

Baxmut hududida snaryadlardan ilma-teshik bo‘lgan maydon
Maxar Technologies / AP / Scanpix / LETA
Xersondagi tug‘uruqxona o‘qqa tutilishi
11 yanvar kuni Rossiya qo‘shinlari Xersonni yana bir bor o‘qqa tutdi, ruslar o‘tgan yil noyabr oyida shahardan chekingach, bu yerga muntazam zarbalar berib kelmoqda. Zarbalardan biri perinatal markaz binosiga kelib tushgan, bino derazalari to‘kilib tushgan va yong‘in boshlangan.

Carlo Cozzoli / PA Images / Scanpix / LETA

Carlo Cozzoli / PA Images / Scanpix / LETA

Carlo Cozzoli / PA Images / Scanpix / LETA
Belarus bilan chegara yaqinida mashg‘ulot o‘tkazgan ukrain harbiylari
2022 yil 13 dekabrida Belarusda armiya jangovar tayyorgarligining to‘satdan tekshirilishi e’lon qilindi, qariyb bir oy o‘tib esa, 11 yanvar kuni, O‘tish hukumati rahbari, muxolifatchilar yetakchisi Svetlana Tixanovskaya Belarus xususiy qo‘riqlov korxonasi «GardServis» bazasida Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi muqobili tayyorlanayotgan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Ukraina Davlat chegara xizmati Belarus bilan chegaradagi vaziyat barqarorligicha qolayotganini ma’lum qilayotgan bo‘lsa-da, Ukraina qurolli kuchlari, Milliy gvardiya va Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) mazkur hududda qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshladi.

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Izyumdagi hayot
Izyum — Xarkivdan 125 kilometr masofada joylashgan shahar — Rossiya qo‘shini tomonidan 2022 yil 1 aprelida bosib olingandi, 11 sentyabr kuni esa mamlakat armiyasi o‘tkazgan muvaffaqiyatli qarshi hujumdan keyin Ukraina nazoratiga qaytarildi. Shahar ozod etilgach, uning yonidagi o‘rmondan tinch aholi vakillaridan 445 kishi qabri va ukrain harbiylari ko‘milgan bitta birodarlik qabristoni topildi. Mahalliy shahar kengashi deputati Maksima Strelnikovning so‘zlariga ko‘ra, Izyum okkupatsiyasi vaqtida tinch aholi vakillaridan kamida ming kishi halok bo‘lgan.
Oktabr oyi o‘rtalarida Izyum meri o‘rinbosari Volodimir Matsokin shahar qishga tayyor emasligini ma’lum qilib, aholini evakuatsiya bo‘lishga chaqirdi. Hozirda shaharda murakkab gumanitar vaziyat saqlanib qolmoqda: ko‘plab binolar butkul vayron bo‘lgan, elektr ta’minotini tiklash bo‘yicha oktabr oyidan buyon olib borilayotgan ishlar esa tugallanmagan.

Izyumlik keksa ayol shahardagi vayron bo‘lgan binolardan biri oldida
Spencer Platt / Getty Images

Izyumlik kishilar gumanitar yordam sifatida keltirilgan kiyimlardan qolgan qutilarni yig‘ishtirmoqda
Spencer Platt / Getty Images

Elektr ta’minotini tiklash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar
Spencer Platt / Getty Images “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar