15:44 / 13.01.2023
406

Volodin Rossiyani tark etgan va uni haqorat qilganlarni mol-mulkini musodara qilishni taklif qildi

Volodin Rossiyani tark etgan va uni haqorat qilganlarni mol-mulkini musodara qilishni taklif qildi
Rossiya davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin Ukrainaga nisbatan maxsus operatsiya boshlanganidan keyin mamlakatdan chiqib ketgan, Rossiya armiyasini va hukumatini haqorat qilgan, shuningdek, natsistlarni qo‘llab-quvvatlagan fuqarolarga qarshi «yozuvlar uchun qonun»ni qabul qilishni taklif qildi.

Volodin taklif qilayotgan qonunga ko‘ra, mamlakatdan chiqib ketgan, Rossiya armiyasi haqorat qilayotgan va natsistlarni qo‘llab-quvvatlayotgan ruslarning mulkini musodara qilishi kerak.

Davlat Dumasi spikerining ta’kidlashicha, Rossiyani tark etganlar ko‘chmas mulklarini ijaraga berib, Rossiya fuqarolaridan daromad olishda davom etmoqdalar. Bu bilan ular jazodan qutilib qolishmoqda.

Bunday odamlarning bayonotlarini ekstremizmga, natsizmni qayta tiklashga yoki qurolli kuchlarni obro‘sizlantirishga da’vat sifatida baholash mumkin, deya qo‘shimcha qildi Davlat Dumasi spikeri.

«Bunday vaziyatda Jinoyat kodeksining tegishli moddalarini Rossiyadagi badnomlarning mol-mulkini musodara qilish to‘g‘risidagi band bilan to‘ldirish to‘g‘ri bo‘lardi, ularda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun yetarli bo‘ladi», deya xulosa qilgan Volodin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo