07:00 / 19.01.2023
651

Rossiya va Qozog‘iston gaz sohasida hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni imzoladi

Rossiya va Qozog‘iston gaz sohasida hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni imzoladi
Aleksey Miller va Roman Sklyar / Foto: Gazprom
Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi Qozog‘iston bilan gaz sohasida hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi. Bu haqda «Gazprom» matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjat «Gazprom» boshqaruvi raisi Aleksey Miller va Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Roman Sklyar o‘rtasidagi uchrashuvda imzolangan. «Tomonlar hamkorlikning borishi va istiqbollarini muhokama qildilar», deb yozdi Rossiya kompaniyasi.

Avvalroq Sklyar Rossiya Federatsiyasi hukumati rahbari o‘rinbosari Aleksandr Novak bilan uchrashgan edi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha hukumat matbuot xizmati: «Roman Sklyar Qozog‘iston tomonining Rossiya Federatsiyasi bilan energetikaning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha, jumladan, shimoliy va sharqiy hududlarni gazlashtirish, Rossiya gazini uchinchi mamlakatlarga yetkazish hajmini oshirish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini tasdiqladi», deb yozgan edi.

Interfax nashrining yozishicha, Rossiya hukumati Qozog‘iston va O‘zbekiston rahbariyati bilan Rossiya gazini ichki iste’molning o‘sishi va Xitoy oldidagi eksport majburiyatlarini hisobga olgan holda Qozog‘iston va O‘zbekistonga yetkazib berish hajmini oshirish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda. Buning uchun gaz yetkazish infratuzilmasini modernizatsiya qilish va hatto yangi gaz quvurlarini qurish talab etilishi mumkin. Jumladan, Rossiya hududida gaz transporti infratuzilmasini rivojlantirish uchun 260 milliard rublga yaqin sarmoya kiritish kerak bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo