
Kecha 20 yanvar kuni Berlinda Germaniyada ishlab chiqarilgan «Leopard» tanklarini Ukrainaga topshirish talabi bilan norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda New Voice ma’lum qildi.
Namoyishchilar Germaniya kansleri binosi oldida to‘planishgan. Aksiya tashkilotchisi Vladislava Vorobeva efirida unga 500 ga yaqin odam kelganini, ular orasida nemislar ham borligini aytgan.
Joriy yilning 20 yanvar, juma kuni Ramshtayn formatidagi sakkizinchi xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda 54 davlat vakillari Ukrainaga harbiy yordam berish masalasini muhokama qildi. Unda Germaniya «Leopard» tanklarini Ukrainaga berish to‘g‘risida qaror qabul qilmadi.
Mudofaa vaziri Aleksey Reznikovning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilishda Ukrainaga «Leopard» tank ekipajlarini tayyorlash uchun o‘quv kurslarini boshlashga kelishib olingan.
Bir kun oldin prezident Vladimir Zelenskiy bir qator davlatlar (Polsha, Finlyandiya, Ispaniya, Portugaliya va boshqalar) «Leopard»ni Ukrainaga yetkazib berishga tayyor ekanligini, faqat ular Germaniya ruxsatini kutayotganini aytgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar