Berlinda Ebola yuqtirgan amerikalik shifokor davolandi

Germaniyaning Berlin shahridagi “Sharite” klinikasi shifokorlari Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusini yuqtirgan amerikalik jarrohni davoladi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 39 yoshli Piter Stafford Kongoda xristian missionerlik tashkiloti tarkibida faoliyat yuritgan. U operatsiya vaqtida Ebola virusini yuqtirgan.
Bemor Berlinda 17 kun davolangan va to‘liq sog‘aygan. Shifokorlar unga virusga qarshi hamda qo‘llab-quvvatlovchi terapiya usullarini qo‘llagan.
Klinika ma’lumotiga ko‘ra, 30 maydan boshlab bemor tanasida virus aniqlanmagan. U bilan karantinda bo‘lgan oila a’zolarida ham infeksiya topilmagani sabab ular uyiga javob berilgan.






























Izohlar 0
…