
Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh Qo‘mondoni, general Valeriy Zalujniy o‘tgan yilning dekabr oyida The Economist jurnaliga bergan intervyusida Ukraina Qurolli Kuchlariga rus qo‘shinlarini 2022 yil 23 fevraldagi to‘qnashuv chizig‘iga siqib chiqarish uchun kamida 300 tank kerak bo‘lishini aytgan edi. Ammo urush boshlanganidan keyin bu kuch ham kamlik qilishi oydinlashdi.
"Biz bu dushmanni mag‘lub etamiz", deya bayonot bergan edi o‘shanda Zalujniy. "Lekin bizga resurslar kerak. Xususan, 300 ta tank, 600-700 ta piyoda jangovar texnikasi, 500 ta gaubitsa zarur”, deya qo‘shimcha qilgan edi bosh qo‘mondon.
Ukraina zavodlari faoliyat ko‘rsatmayapti
Ukraina bosh qo‘mondoni so‘zlari ajablantirmasligi kerak. Deyarli bir yildan beri davom etayotgan urushda nafaqat Rossiya armiyasi, balki Ukraina armiyasi ham zirhli texnika bo‘yicha katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda. Ayni paytda Ukraina harbiy zavodlari faol emas, janglarda vayron bo‘lgan texnikani tiklashdan heya qanday naf yo‘q. Qo‘lga olingan tanklar, piyoda askarlarning jangovar mashinalari, shuningdek, Ukrainaga Sharqiy Yevropa mamlakatlari tomonidan berilgan Sovet T-72 va T-55 tanklar vaziyatni saqlab qolmoqda.
Ammo qo‘lga olingan transport vositalarini to‘liq jangovar shay holatga keltirish uchun ko‘p vaqt, ehtiyot qismlar va resurslar kerak bo‘ladi. Natijada G‘arbdagi ittifoqchilar Kiyevga zamonaviy zirhli texnikalar yetkazib berish o‘ta zarur ekanini nihoyat anglab yetdi.
Darhaqiqat, Ukraina urush boshlanganidan beri tanklar va piyoda jangovar mashinalari berishlarini so‘rab keladi. Germaniya va Amerikaning "Leopard" va "Abrams" tanklari shular jumlasidan. Biroq, Berlin va Vashington bu qadamni qo‘yishda hamon ikkilanib turibdi. Faqat Buyuk Britaniya qarab o‘tirmadi va yaqinda Ukrainaga o‘zining 14 ta Challenger 2 nomli asosiy jangovar tanklarini yuborishini tasdiqladi. Og‘irligi salkam 80 tonna bo‘lgan bu mashinalar kuchli zirh va zamonaviy boshqaruv tizimlari, shuningdek, tungi ko‘rish moslamalari va 120 millimetr kalibrli to‘pga ega.
Ukraina uchun Challenger nimani anglatadi?
2003 yilda AQSH va Buyuk Britaniya Saddam Husayn rejimini ag‘darish uchun Iroqqa bostirib kirganida, aynan Challenger birinchi marta jang maydonida Sovet tanklari bilan to‘qnash kelgan edi.
Basraga kirish paytidagi janglardan birida Iroq bazukalaridan Challenger'ga qarata jami 70 ta granata otilgan, ularning hech biri Britaniya tanklarining zirhlariga zarar yetkiza olmagan edi.
Boshqa bir epizodda Saddam armiyasi Britaniya armiyasining pozitsiyalariga hujum qilgan, shu bilan birga Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan 15 ta tankni yo‘q qilishni uddalagan, ammo bitta Challenger'ga kuchi yetmagan edi.
G‘arb harbiy ekspertlarining fikriga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlari safiga qabul qilinadigan o‘n to‘rtta Challenger oldingi chiziqning yo‘nalishlaridan birida ruslarning pozitsiyalarini yorib o‘tish uchun yetarli bo‘lishi mumkin.
Shunga qaramay, asosiy munozaralar ko‘plab Yevropa armiyalarida mavjud bo‘lgan va Ukrainaga yetkazilishi aytilayotgan nemis "Leopard"larini yetkazib berish atrofida bo‘lmoqda.
Leopardlar haqida nimalar ma’lum?
O‘tgan haftada Polsha va Finlyandiya Leopardlarni Kiyevga yetkazishga tayyor ekanliklarini bildirishgandi. Xususan, Varshava allaqachon "Leopard" kompaniyasini Ukraina uchun "band qilgan", ammo ularni Berlinning siyosiy qarorisiz o‘tkaza olmaydi. Shu bilan birga, Polsha bosh vaziri Mateush Moravetski, uning mamlakati Ukraina Qurolli kuchlariga kamida 100 ta jangovar tank topshirishni kutayotganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya uzoq vaqtdan beri G‘arb tanklarini Ukrainaga yetkazib berishga to‘sqinlik qilib keladi. Biroq, endi, OAV xabarlariga ko‘ra, kansler Sholsning atrofidagilari "tank embargosi" ni bekor qilishga deyarli ishontirishga muvaffaq bo‘lishgan. Ukraina ham muzokaralarning ijobiy natijasiga umid qilmoqda va “Leopard”larni olishdan umid qilmoqda.
Ammo, nemis matbuoti yozganidek, Germaniya kansleri Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainani o‘zining Abrams tanklari bilan ta’minlashga rozi bo‘lgandan keyingina Leopardlarni topshirishga tayyor. Va bunga Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per brifingda “AQSH prezidentining fikricha, har bir davlat Ukrainaga qanday yordam va qanday jihozlar taqdim etishga tayyorligi haqida o‘zi suveren qaror qabul qilishi kerak”, deya ochiq-oydin javob berdi.
Jan-Per, davlatlar Germaniya va Buyuk Britaniyaning Ukrainani harbiy texnika va qurol-yarog‘ bilan ta’minlash qarorini olqishlashini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda “xalqlar birdamligi” yaqqol ko‘rinib turibdi, ammo bu har bir davlatning qarori.
Shu bilan birga, Oq uy matbuot kotibi yevropalik ittifoqchilarga AQSH Ukrainaga xavfsizlik va gumanitar yordamning “eng yirik yetkazib beruvchisi” ekanligini eslatdi.
Aftidan, AQSH hali Abrams tanklarini Ukrainaga yuborishga tayyor emas. Shu bilan birga, Oq uy Kiyevni navbatdagi keng ko‘lamli harbiy yordam paketi to‘g‘risida xabardor qilishga tayyorlanmoqda. Paketga 100 ta Bradley piyoda jangovar mashinalari va Strayker zirhli jangovar mashinalari, to‘rtta HIMARS havo mudofaa tizimi va boshqa qurollar kiradi.
Uzoq kutilgan Ramshteyn
20 yanvar kuni Ramshteyn uchrashuvida (Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar mudofaa vazirlarining navbatdagi yig‘ilishi – tahr.) Germaniya nihoyat Ukrainaga “Leopard” yetkazib berishga ruxsat berishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron Parij Ukrainaga o‘zining Bastion zirhli transportyorlari va Separ AMX-10RC yengil g‘ildirakli tanklarini yuborishini rasman e’lon qildi. Garchi fransuz avtomobillari asosiy jangovar tanklar o‘rnini egallay olmasalar ham, ular juda harakatchan va zamonaviy termal tasvir kameralari bilan jihozlangan.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, fransuz yengil tanklarini rus bosqinchilari uchun "dahshatli tush"ga aylantirishi mumkin. Chunki ular juda tezkor va tunda hujum qilish imkonini beruvchi qorong‘uda ko‘rish uchun mo‘ljllangan zamonaviy qurilmalariga ega.
Shu bilan birga, Makron Ukrainaga Fratsiya armiyasining Leclerc asosiy jangovar tanklarini yuborish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda Politico nashrixabar bermoqda. Ayni paytda Fransiya siyosiy doiralarida bu boradagi munozaralar susaymayapti.
“Mavzu murakkab va hali Parijda hal etilmagan. Lekin biz bu haqda o‘ylayapmiz”, — dedi manba. Qayd etilishicha, tanklarni topshirish masalasi Germaniya hukumati vakillari bilan bo‘ladigan qo‘shma yig‘ilishda muhokama qilinadi.
AMX-56 Leclerc - o‘tgan asrning 80-yillarida ishlab chiqilgan fransuz armiyasining asosiy jangovar tanki. Ushbu modelni seriyali ishlab chiqarish 1990 yilda Nexter konserni korxonasida boshlangan. Hammasi bo‘lib 900 ga yaqin jangovar mashinalar ishlab chiqarilgan, ularning deyarli yarmi BAA armiyasida xizmatga qilishga ketgan.
Shu yilning yanvar oyi boshida Fransiyada 200 ta Leclerc tankini modernizatsiya qilish boshlandi, ularda yong‘inni nazorat qilish tizimi yangilanadi va yangi elektronika o‘rnatiladi.
Shunday qilib, Ukrainaga og‘ir jangovar tanklar va boshqa hujum texnikasini yuborish masalasida biroz kechikilgan bo‘lsa-da, ammo hali ham umid bor. Yaqin kelajakda zarur siyosiy qarorlar qabul qilinsa va Leopard tanklari uchun Ukrainaga yo‘l ochilgan taqdirda ham, bahorgacha bu texnikani jang maydonida ko‘rish mumkin bo‘lmaydi. Texnikani tashish, poyezdlar tayyorlash, ekipajlar va boshqa masalalar uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, Ukraina Qurolli Kuchlarining navbatdagi yirik hujum operatsiyasi bahorgacha boshlanmasligi mumkin.
Ayni paytda Ukraina armiyasi Donbassda shiddatli mudofaa janglarini olib bormoqda va uning asosiy sa’y-harakatlari qishki kampaniyada rus bosqinchi gazandalarini tor-mor etishga va ularga imkon qadar ko‘proq talafot yetkazishga qaratilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar