
Foto: «Yandeks.ru»
Amerikalik xonanda Beyonse 21 yanvar kuni Dubaydagi Atlantis The Royal eksklyuziv mehmonxonasining ochilish marosimida chiqish qildi. U tadbirdagi ishtiroki uchun 24 million dollar gonorar oldi, deb xabar bermoqda «Korrespondent.net» nashri.
Bu shaxsiy tadbir bo‘lib, unda faqat taklifnoma bilan ishtirok etish mumkin. Insonlar o‘z villalaridan mashhur xonandaning qo‘shiqlarini tinglashi mumkin va bu 2018 yildan beri konsert bermayotgan xonandaning ilk yakkaxon konserti bo‘ladi.
Mehmonxonaning ochilish marosimi 19 yanvardan 23 yanvargacha bo‘lib o‘tadi. Taniqli oshpazlar Xose Andres, Xeston Blyumental va Nobu Matsuxisa mehmonlar uchun taomlar tayyorlaydi. Tadbirda Beyonsedan tashqari boshqa mashhurlar ham bo‘ladi, biroq ularning ismlari hozircha ma’lum qilinmagan.
Mehmonxona majmuasi Fors ko‘rfazi qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, hashamatli ko‘rinishga ega. Unda 231 ta apartament, 693 ta mehmonxona va 102 ta luks xona mavjud. Katta yashil maydon bir nechta basseyn va kortlarni o‘z ichiga oladi, bundan tashqari balkonlarda xususiy basseynlar ham mavjud. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar