08:33 / 25.01.2023
659

PEGIDA ekstremistik harakati rahbari Qur’onni yirtib tashladi

PEGIDA ekstremistik harakati rahbari Qur’onni yirtib tashladi
Niderlandiyada faoliyat yuritayotgan “Vatanparvar yevropaliklar G‘arbning islomlashuviga qarshi” (PEGIDA) o‘ng qanot ekstremistik harakati yetakchisi Edvin Vagensveld Haaga shahrida Qur’on nusxasini yirtib tashladi.

Vagensveld o‘zining Twitter'ida Haagadagi qonunchilik assambleyasi binosi oldida musulmonlar uchun muqaddas kitobni tahqirlayotgani aks etgan video bilan bo‘lishdi. Ekstremist bu harakatni bir o‘zi va politsiya himoyasi ostida amalga oshirgan. Rasmiylar o‘ng qanot radikalga Qur’onni yoqib yubormaslik sharti bilan aksiya o‘tkazishga ruxsat bergan.

Biroq keyingi kadrlarda Qur’onning yirtilgan sahifalari boshqa joyda yoqib yuborilgani aks etgan.

21 yanvar shanba kuni Daniyaning o‘ng qanot ekstremistik “Hard Line” partiyasi yetakchisi Rasmus Paluda Turkiyaning Stokholmdagi elchixonasi yonida islomga qarshi provokatsiyani amalga oshirgan edi. Shvetsiya rasmiylarining harakatlariga javoban Anqara Shvetsiya mudofaa vaziri Pal Jonsonning Turkiyaga kutilayotgan tashrifini bekor qildi.

Shvetsiya hukumati tomonidan Qur’onni tahqirlash aktini amalga oshirishga ruxsat berilgani ko‘plab islom davlatlarining keskin va salbiy munosabatiga sabab bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo