
Foto: AP/dpa/picture alliance
Harbiy xizmatchilarning aksariyati jarohatlangan emas, balki halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan bo‘lishi mumkin, deb ma’lum qildi London va Rossiya Mudofaa vazirligining 89 nafar harbiyning o‘limini tan olishini «noyob qadam» deb atadi.
Britaniya idorasining ta’kidlashicha, Rossiya tomonidan tan olingan qurbonlar soni va ehtimol haqiqiy halok bo‘lganlar ko‘rsatkichi o‘rtasidagi farq «Rossiya ommaviy bayonotlarida dezinformatsiya keng tarqalganligini» tasdiqlaydi.
«Bu, odatda, yuqori rahbariyat tomonidan ruxsat etilgan ataylab yolg‘on ma’lumot berish va xatolarini kamaytirishga intilayotgan quyi mansabdor shaxslar tomonidan noto‘g‘ri hisobotlarni uzatish bilan bog‘liq», deya qo‘shimcha qildi London.
1 yanvarga o‘tar kechasi Ukraina qurolli kuchlari safarbar qilinganlar joylashtirilgan Makiyivkadagi kasb-hunar maktabi binosiga hujum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, zarba natijasida 89 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgan. Ukraina tomoni 400 ga yaqin odam halok bo‘lgani haqida xabar berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar