20:43 / 30.01.2023
1 010

Ramzan Qodirov: «Ichkeriya uchun kurashganimizda qayerda edingiz..»

Ramzan Qodirov: «Ichkeriya uchun kurashganimizda qayerda edingiz..»
Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskining «Ichkeriya mustaqilligini qo‘llab-quvvatlash» zarurligi haqidagi so‘zlariga izoh berdi.

«Biz Ichkeriya uchun kurashganimizda qayerda edingiz, nega bizni qo‘llab-quvvatlamadingiz, endi esa to‘satdan mavjud bo‘lmagan davlatni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildingiz?», - deb so‘radi Checheniston rahbari.

«Polsha bosh vaziriga savolim bor: siz tarixni o‘qiysizmi? Muhojirlikdagi hukumat nima ekanligini bilasizmi? Ular xoinlar. Hatto Masxadov ham bir paytlar ularni sotqin, deb e’lon qilgan edi.

Xalqimiz taqdiri shu xalqning qo‘lida. Biz o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilab oldik: biz Rossiyaning bir qismi sifatida yashashni xohlaymiz. Va har kuni biz bu tanlov to‘g‘ri ekaniga ishonch hosil qilamiz. Nega birdan mavjud bo‘lmagan davlatni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildingiz?
», - dedi Qodirov.

U Moravetskini fikrini o‘zgartirishga va xalqdan kechirim so‘rashga undadi. "Chunki siz aldayapsiz. Polsha xalqiga esa munosib rahbarlar bo‘lishini tilayman”, - deya xulosa qildi u.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo