
Foto: Getty Images
Ukraina Rossiya ustidan harbiy g‘alaba qozongan taqdirdagina Yevropa sharqida barqaror tinchlik o‘rnatilishi mumkin. Bu haqda Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Pavel Yablonskiy RMF FMda gapirdi.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Kremlga “yuzini saqlab qolish” imkonini berish eng yomon ssenariy hisoblanadi.
“Yevropadagi har qanday barqaror tinchlikning sharti shundaki, Ukraina Rossiyani o‘z hududidan chiqarib yuborishi kerak”, — deydi u.
Diplomat Polsha urushda Rossiya “mag‘lubiyatga uchragan, sarosimaga tushgan” va javobgarlikka tortiladigan holatda chiqishini istashini bildirdi.
“Agressorning bu mojarodan yuzi yoruq holda chiqib ketishi eng yomon ssenariy bo‘ladi. Bu nafaqat bizning xavfsizligimizga, balki global miqyosda ta’sir qiladi. Shuningdek, agressiv potensial ishtirokchilarga Rossiya tutgan yo‘l samarasini berishiga o‘rgatadi”, — ta’kidladi Yablonskiy.
Polsha TIV vakili Rossiya hamon Ikkinchi jahon urushi davridagi tamoyillarga amal qilishi, bu 70-80 yil avval sodir bo‘lgan voqealarning davomi ekanini qo‘shimcha qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar