date
views 611

Qozog‘istonda 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Qozog‘istonda 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Qozog‘istonning bir qator hududlarida yer silkinishi sodir bo‘ldi. Zilzila epitsentri Almati shahridan 628 km g‘arbdagi hududga to‘g‘ri kelgan. 5,4 magnitudali zilzila 5 km chuqurlikda sodir bo‘lgan.

Silkinish Almati vaqti bilan soat 19:02 da qayd etilgan. Qozoq seysmologlarining ma’lumot berishicha, Chimkentda ham 2-3 balli zilzila sezilgan.

Eslatib o‘tamiz, 6 fevral tongda Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila oqibatida mingdan ortiq odam halok bo‘lib, ko‘plab binolar vayron bo‘lgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi