date
views 1 901

Qodirov Ukrainadan keyin qaysi davlat «denatsifikatsiya» qilinishi kerakligini aytdi

Qodirov Ukrainadan keyin qaysi davlat «denatsifikatsiya» qilinishi kerakligini aytdi
Ramzan Qodirov Ukrainadan keyin «denatsifikatsiya va desatanizatsiya»ni Polshada o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda u o‘zining telegram-kanalida yozgan.

Checheniston rahbari Polsha rasmiylarining AQSHdan “Polsha Ukrainaga bergan qurol evaziga” yangi qurol so‘raganiga izoh bergan va «polyaklar o‘z vaqtida aqlini yig‘ib olganini» aytgan.

«Ukrainani qo‘llab-quvvatlash doirasida Varshava o‘zining harbiy resurslarini tugatib qo‘yib, sarosimaga tushdi: agar harbiy harakatlar muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng, Rossiya keyingi mamlakatni denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilishni boshlasa nima bo‘ladi? Axir, xaritada Ukrainadan keyin Polsha turibdi!» – deb yozgan Qodirov. Shundan so‘ng u «u satanizmga qarshi kurash butun Yevropa va birinchi navbatda, Polsha hududida davom etishi kerakligini bir necha bor ta’kidlaganini qo‘shimcha qilgan.

Qodirov, shuningdek, Rossiya Sileziyada referendum o‘tkazishda «tashkiliy yordam ko‘rsatishi» mumkinligini ta’kidlagan, chunki uning fikricha, Polshaning bu hududi go‘yo «alohida mustaqil maqomga loyiq va u yerda zudlik bilan referendum o‘tkazish zarur». Sileziya Chexiya Respublikasi bilan chegarada joylashgan.

Rossiya propagandasi birinchi marta Ukrainaning «desatanizatsiyasi» haqida o‘tgan yilning kuzida gapirgan edi. Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari Rossiya “gunohdan halok bo‘lgan dunyoda haqiqiy e’tiqodning so‘nggi qal’asi, Ukraina xalqini shayton changalidan qutqarishga harakat qilmoqda”, degan cho‘pchakni tarqata boshladi. «Desatanizatsiya» tarafdorlaridan biri Ramzan Qodirov bo‘lib, bu amaliyotni «deshaytanizatsiya» deb atagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qodirov Ukrainadan keyin qaysi davlat «denatsifikatsiya» qilinishi kerakligini aytdi