
Foto: Anadolu agency
Rossiyaning Ukraina butun hududiga yangi raketa zarbalari berishi xavfi yuqoriligicha qolmoqda. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ertalabki hisobotida aytilgan.
O‘tgan kun davomida Rossiya kuchlari 52 ta aviatsion va 6 ta raketa zarbasi berdi, ulardan ikkitasi Donetsk viloyati Kramatorsk shahrining fuqarolik infratuzilmasiga qaratilgan edi, deya xabar berdi harbiylar.
Bundan tashqari, Bosh shtabning xulosasiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi bir nechta raketa tizimlaridan 63 ta hujumni amalga oshirdi, jumladan, Donetsk va Xerson viloyatlaridagi fuqarolik infratuzilmasi o‘qqa tutildi.
Avvalroq Rossiya yana Ukrainaga dronlar bilan hujum qilgandi.
Ukrainaning bir qator viloyatlarida Rossiya qo‘shinlari tomonidan uchuvchisiz uchoqlar uchirilishi munosabati bilan havo ogohlantirish rejimi ishga tushirildi.
Dnipropetrovsk viloyati aholisi mahalliy viloyat harbiy ma’muriyati tomonidan hujum haqida ogohlantirildi, Mikolayiv viloyatida kamida bitta uchuvchisiz uchish apparati urib tushirildi, deb xabar berdi viloyat politsiya boshqarmasi boshlig‘i Sergey Shayxet. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar