17:50 / 11.02.2023
578

Belarus chegarachilari xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlikni qo‘lga oldi

Belarus chegarachilari xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlikni qo‘lga oldi
Foto: pk.gov.by
Davlat chegara qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, harbiylar jinoyatni sodir etgan shaxs Germaniyada yashovchi 41 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ekanligini aniqlagan.

Qo‘lga olingan shaxs chegarani noqonuniy kesib o‘tib, yaqinlari bilan uchrashish maqsadida O‘zbekistonga borishni rejalashtirgan.

Chegarachilar qo‘lga olingan erkakning shaxsini aniqlash jarayonida ushbu shaxs noqonuniy migratsiyani tashkil qilgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lganini aniqladi.

Chegarani buzgan shaxs chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun jarimaga tortildi, u ichki ishlar bo‘limiga topshirilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo