12:08 / 14.02.2023
199

AQSHda NUJni o‘rganish bo‘yicha idoralararo guruh tuziladi

AQSHda NUJni o‘rganish bo‘yicha idoralararo guruh tuziladi
Foto: AFP
Bayden Sallivan orqali idoralararo guruhga AQSH xavfsizligiga tahdid soladigan noma’lum havo obyektlari bilan bog‘liq bir qator jihatlarni o‘rganishni buyurdi.

AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati yaqinda Qo‘shma Shtatlar osmonida bir qator havo obyektlari paydo bo‘lishi munosabati bilan idoralararo guruh tuzadi. Bu haqda 13 fevral, dushanba kuni Oq uyda ma’lum qilindi.

"Bugun Prezident o‘zining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi (Jeyk Sallivan) orqali idoralararo guruhga Qo‘shma Shtatlar xavfsizligiga xavf tug‘diruvchi noma’lum havo obyektlarini aniqlash, tahlil qilish va yo‘q qilish bilan bog‘liq jihatlarning kengroq ro‘yxatini o‘rganishni topshirdi", dedi Oq uydagi Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi brifingda.

Uning aniqlik kiritishicha, milliy xavfsizlik guruhining vazifasi «bu masalani idoralararo sa’y-harakatlar nuqtayi nazaridan chuqurroq o‘rganish va yana qanday yaxshilanishlar kerakligini ko‘rish».

Guruh tarkibiga «hukumatning barcha elementlari» kiradi hamda zondlar va boshqa samolyotlarning xususiy ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qiladi.

Bundan tashqari, rasmiylar havo hududi monitoringini kuchaytiradi, ittifoqchilar bilan maslahatlashuvlarni davom ettiradi, shuningdek, AQSH Kongressi va gubernatorlari bilan aloqalarni davom ettiradi.

4 fevraldan beri AQSH Shimoliy Amerika ustidan to‘rtta obyektni urib tushirdi. Uchta holatda gap parchalari o‘rganilayotgan noma’lum obyektlar haqida ketgan. Bundan tashqari, Vashington Xitoy razvedka zondi deb hisoblagan apparat ham urib tushirildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo