13:25 / 14.02.2023
805

Norvegiya razvedkasi: Rossiya kemalari 30 yil ichida birinchi marta dengizga yadro quroli bilan chiqmoqda

Norvegiya razvedkasi: Rossiya kemalari 30 yil ichida birinchi marta dengizga yadro quroli bilan chiqmoqda
Foto: “TASS”
Rossiya Shimoliy flotining kemalari 30 yil ichida birinchi marta bortida taktik yadro qurollari bilan dengizga chiqishni boshladi, deb xabar bermoqda Norvegiya razvedka xizmati (NIS) o‘zining yillik hisobotida.

Hujjatda aytilishicha, sovet davrida Shimoliy flotning harbiy kemalari muntazam ravishda taktik yadro qurollari bilan dengizga chiqqan, biroq Sovuq urush davridan beri bunday holatlar kuzatilmagan. Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada urush boshlanganidan keyin “Rossiya uchun yadro qurolining ahamiyati sezilarli darajada oshdi”.

Yadro salohiyatining markaziy qismi Shimoliy flotning suvosti kemalarida va yerusti kemalarida joylashgan. Yadro qurollari NATO davlatlari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan operatsiyalarda ayniqsa jiddiy xavf tug‘diradi”, — deyiladi Norvegiya razvedkasi hisobotida.

Shimoliy flot — bu Severomorskda joylashgan Rossiya dengiz flotining tezkor-strategik tuzilmasi. Flot tarkibiga 80 dan ortiq suvosti kemalari va yerusti kemalari, shu jumladan, gipertovushli qurol tashuvchilar kiradi.

Yadro qurolidan foydalanish ehtimoli haqidagi munozaralar Ukrainada urush boshlanganidan keyin yana asosiy mavzuga aylandi. Shu bilan birga, Kreml yadro qurolidan foydalanish ehtimoli haqidagi da’volarni bir necha bor rad etgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo