
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev Qirg‘izistondan Dubayga uchib ketdi. Bu haqda uning yaqinlari Kaktus media nashriga ma’lum qilgan.
Ularga ko‘ra, bugun, 15 fevral kuni Atambayev ertalab soat 5 larda Dubayga uchib ketgan, ushbu shahardan Ispaniyaga uchadi.
Atambayev bilan birga uning o‘g‘li, Bishkek shahar kengashi deputati Qodir Atamboyev ham uchib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Oliy sudi Atambayevga chiqarilgan 11 yillik qamoq jazosini hukmini to‘xtatgan, unga xorijda davolanishga ruxsat berilgandi. Sobiq prezidentning o‘zi xorijda davolanishi va Qirg‘izistonga albatta qaytib kelishini aytan.
Eslatib o‘tamiz, 2011-2017 yillarda mamlakatni boshqargan rahbar 2019 yil avgustida qo‘lga olingandi. Unga korrupsiya, jinoiy avtoritetga yordam berish, o‘z mansabini suiste’mol qilish kabi ayblovlar qo‘yilgandi. 2020 yil oktabrdagi namoyishlar fonida Atambayev bir muddat ozodlikka chiqdi, so‘ngra yana qamaldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar