01:02 / 16.02.2023
446

Mask itni Twitter bosh direktori lavozimiga “tayinladi”

Mask itni Twitter bosh direktori lavozimiga “tayinladi”
Amerikalik tadbirkor va Twitter'ning yangi egasi Ilon Mask kompaniyaning yangi bosh direktorini “tayinladi” va bu “tayinlov”ni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida itning suratlari bilan tasvirlab berdi.

Twitter'ning yangi bosh direktori shunchaki ajoyib... Anavi boshqa yigitdan ancha yaxshi! U raqamlarni yaxshi tushunadi!”- deb yozgan Twitter egasi o‘z postiga itning kursida o‘tirgan suratini ilova qilib.

Suratda siba-inu zotiga mansub Floki ismli it tasvirlangan.

O‘tgan yilning dekabr oyi oxirida Mask bu lavozim uchun “yetarlicha ahmoq odamni” topgach, kompaniya bosh direktori lavozimini tark etishini e’lon qilgan edi.

Amerika kompaniyasi Twitter Inc. 2006 yilda tashkil etilgan. Kompaniyaning asosiy mahsuloti - bu qisqa xabarlar almashish uchun ijtimoiy tarmoq. Bosh qarorgohi Kaliforniyashtatining San-Fransisko shahrida joylashgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo