
Foto: Shutterstock
Slovakiya parlamenti Rossiya rejimini terroristik, Rossiyani esa terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlat sifatida tan oldi. Bu payshanba kuni qabul qilingan rezolyutsiyada aytiladi, deya xabar beradi Slovakiya Respublikasi Milliy assambleyasi matbuot xizmati.
Hujjatda deputatlar Rossiyaning tinch aholiga, fuqarolik obyektlariga va asosiy energetika tuzilmalariga qarshi keng ko‘lamli hujumlarini qoraladilar, shuningdek, Ukraina mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar.
Rezolyutsiyada Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita tahdidlari qoralanadi.
Bundan tashqari, Slovakiya parlamenti Rossiya tajovuzkorligi, insoniyatga qarshi jinoyatlar va urush jinoyatlarini ta’qib qilish uchun maxsus tribunal yaratish sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar