![Bolgariyada yuk mashinasida 18 afg‘on qochqinining jasadi topildi](/uploads/posts/2023-02/roxouvnusabmsc7xcae-kww6eincclmt.jpg)
Foto: AP
Sofiya yaqinida Afg‘onistondan bo‘lgani taxmin qilinayotgan qochqinlar yuk mashinasidan topildi. Omon qolganlar shifoxonaga yetkazilgan.
Bolgariyada tashlab ketilgan yuk mashinasidan 18 nafar qochqinning jasadi topildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular bo‘g‘ilib qolgan, dedi Bolgariya prokuraturasi vakili 18 fevral, juma kuni kechqurun. O‘tkinchilar Sofiyadan 20 kilometr uzoqlikda tashlab ketilgan yuk mashinasini topib, politsiyaga xabar berishgan.
Yuk mashinasida o‘tin uyumlari orqasiga yashiringan 52 nafar qochqin bo‘lgan. Dastlabki rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ular Afg‘onistondan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 18 qochqin jasadlari topilishidan 10-12 soat oldin vafot etgan. Omon qolgan 34 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Ular sovqotib ketgan va bir necha kundan beri ovqat yemagan.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 6-7 yoshli bola bor, boshqa xabarlarga ko‘ra - qurbonlarning eng yoshi o‘smir yigit bo‘lgan. Qochqinlarni olib ketayotgan kontrabandachilar qochib ketishgan. Politsiya Bolgariyaning to‘rt nafar fuqarosini gumon qilib hibsga oldi.
Yevropa Ittifoqining bir qismi bo‘lgan Bolgariya janubda Turkiya bilan chegaradosh. Oxirgi paytlarda bu chegara orqali Yevropa Ittifoqiga kirishga urinayotganlar soni ortdi. Shu munosabat bilan Bolgariya tikanli simlar bilan mustahkamlangan 234 kilometrlik qo‘shma chegara bo‘ylab nazoratni kuchaytirdi.
Bolgariya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Bolgariya chegarachilari chegarani noqonuniy kesib o‘tishga bo‘lgan 164 ming urinishni to‘xtatgan. Bir yil avval noqonuniy kesib o‘tishlarning oldini olish ko‘rsatkichi 55 mingtani tashkil etgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar