![AQSH vitse-prezidenti Kamala Harris Rossiyani insoniyatga qarshi jinoyatlarda aybladi](/uploads/posts/2023-02/dvo8ytee3ivt7uxfixbtyuns2n7vgt5w.jpg)
Foto: Getty Images
AQSH hukumati Ukrainadagi Rossiya qo‘shinlari insoniyatga qarshi jinoyat sodir etganini «rasmiy ravishda tasdiqladi», dedi vitse-prezident Kamala Xarris. Uning Myunxen xavfsizlik konferensiyasidagi so‘zlarini BBC keltirdi.
Xarris bir necha epizodlarni sanab o‘tgan, jumladan, Buchadagi tinch aholi qirg‘ini va Mariupoldagi drama teatriga berilgan raketa zarbasini.
«Biz dalillarni tekshirib chiqdik. Biz huquqiy me’yorlarni bilamiz. Va bu insoniyatga qarshi jinoyatlar ekanligiga shubha yo‘q. Rossiya Ukraina tinch aholisiga keng ko‘lamli va tizimli hujumlar uyushtirmoqda», dedi AQSH vitse-prezidenti.
Xarris so‘zlariga ko‘ra, AQSH prezidenti ma’muriyati Kiyevga vahshiyliklarni tergov qilishda yordam berishda davom etadi. «Bu jinoyatlarni sodir etganlar va bu jinoyatlarga aloqador bo‘lganlarning barchasiga aytaman, sizlar javobgarlikka tortilasizlar», deb va’da berdi siyosatchi.
Myunxen xavfsizlik konferensiyasi 17 fevral kuni ochildi. 59-marta o‘tkazilayotgan tadbirning asosiy mavzusi Ukrainadagi urush bo‘ldi. Rossiya konferensiyaga 20 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta taklif qilinmadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar