![Polsha Belarus bilan chegarada yuk mashinalari harakatini chekladi](/uploads/posts/2023-02/vcgqhkrrzqh120rx8zahuyhjub1eb-g.jpg)
Foto: Dreamstime
Polshaning Kukuriki nazorat-o‘tkazish punktida yuk mashinalarining o‘tishini cheklash to‘g‘risidagi qarori Minsk ba’zi polshalik diplomatlar Belarusdan chiqarib yuborilganini e’lon qilganidan so‘ng qabul qilindi.
Polsha 21 fevraldan boshlab Belarus bilan chegaradagi yuk mashinalarini qabul qiluvchi yagona punkt bo‘lmish Kukuriki nazorat-o‘tkazish punktida harakatlanishni cheklashini ma’lum qildi, deya xabar berdi Belarus Davlat chegara qo‘mitasi 20 fevral, dushanba kuni.
«Polsha chegara xizmati Belarus tomoniga 21 fevral kuni soat 21:00 dan boshlab Polshaning Kukuriki nazorat-o‘tkazish punktida yuk mashinalarining harakati cheklanishi haqida ma’lum qildi, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar, Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasida ro‘yxatdan o‘tgan yuk mashinalari bundan mustasno», deyiladi xabarda.
«21 fevral kuni soat 21:00 dan boshlab yuqorida sanab o‘tilgan tashkilotlar va mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tmagan yuk mashinalari Polsha-Belarus chegarasidan o‘ta olmaydi. Yo‘lovchi transport vositalari uchun faqat Terespol (Belarus tomonida - Brest) nazorat-o‘tkazish punkti qoldi», - deya qo‘shimcha qildi Belarus Davlat chegara qo‘mitasi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar