12:46 / 23.02.2023
882

Putinning nutqidagi chin va yolg‘onlar

Putinning nutqidagi chin va yolg‘onlar

Rossiya prezidenti Federal Majlisga uzoq kutilgan yillik murojaatini yo‘lladi.

Ikki soat davom etgan nutqida Putin G‘arbni juda qattiq tanqid qildi va bir qancha bayonotlar berdi. Ular orasida nima chin va nima yolg‘on edi? 

Avvalo, Putin nutqidagi asosiy da’volardan biri Rossiya iqtisodiyotining G‘arb sanktsiyalariga bardosh bergani bo‘ldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yalpi ichki mahsuloti atigi 2,1 foizga qisqargan, Xalqaro valyuta jamg‘armasi esa 12 foizga pasayishni bashorat qilgan edi.

To‘g‘ri, Putin e’lon qilgan foiz XVJning so‘nggi hisobotida ko‘rsatilgan 2,2 foizga yaqin.

Shunga qaramay, Rossiya hali ham eng yomon ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan mamlakat bo‘lib qolmoqda, ammo bu mutaxassislar tomonidan bashorat qilingan raqamlarga yaqin emas. Ammo ba’zi tahlilchilar Rossiya ma’lumotlarining ishonchliligiga shubha qilishadi.

Britaniyaning Chatham House institutining rossiyalik eksperti Nikolay Petrov: “To‘g‘ri, ekspertlar urush boshidanoq bundan ham yomonroq natijalarni kutishgan edi. Hukumat aldayotgan bo‘lishi ham mumkin. Rossiya yalpi ichki mahsuloti juda kamtarona ko‘rsatkich qayd etgan. Shu sababdan ham so‘nggi statistika kuni kecha paydo bo‘lgani bejiz emas.

Ammo u ancha oldin paydo bo‘lishi va Rossiya iqtisodiyotida sodir bo‘layotgan voqealarga juda ijobiy nuqtai nazarni taqdim etish uchun mo‘ljallanishi kerak edi. Biz tasdiqlagan yana bir da’vo shuki, G‘arb Ukrainaga yordam uchun 150 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflagan, G7 davlatlari esa 2020 yildan 2021 yilgacha dunyoning eng qashshoq mamlakatlariga atigi 60 milliard dollar miqdorida yordam ko‘rsatgan".

Ukrainani qo‘llab-quvvatlash statistikasiga nazar tashlansa: G‘arb 2023 yil yanvar holatiga ko‘ra taxminan 143,6 milliard dollar ajratishga va’da qilgan.

Ammo Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ning rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha statistik ma’lumotlariga qaralsa, prezidentning da’volari haqiqatdan yiroq: 2021 yilda “Katta yettilik” 128 milliard dollarga yaqin yordam ajratgan, bu Putin da’vo qilganidan ikki barobar ko‘p.

Nihoyat, Rossiya prezidenti Ukraina Qurolli Kuchlarining "Edelveys" nomli brigadasini keskin tanqid qilishga o‘tdi va bu nom Xolokost paytida natsistlar tomonidan qo‘llanilganini da’vo qildi.

Ammo qiziq tomoni shundaki, bundan bir necha yil oldin Rossiya Milliy gvardiyasining ham o‘zining "Edelveys" bo‘linmasi mavjud bo‘lib, 2016 yilda u o‘z nomini o‘zgartirgan edi.

Yana bir "Edelveys" bo‘linmasi Oltoy Respublikasining maxsus kuchlari tarkibida tashkil etilgan. Rasmiy veb-saytga nazar tashlansa, bo‘linma kamida 2018 yilgacha mana shu nom ostida faoliyat ko‘rsatgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putinning nutqidagi chin va yolg‘onlar