23:50 / 24.02.2023
272

Ramzon Qodirov o‘ziga Checheniston Qahramoni unvonini berdi

Ramzon Qodirov o‘ziga Checheniston Qahramoni unvonini berdi

Foto: Kommersant’

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov o‘ziga Checheniston Respublikasi Qahramoni unvonini topshirdi, bu mukofotni o‘tgan yilning noyabrida o‘zi ta’sis etgan edi. Unvon to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, u «qahramonlik» ko‘rsatgani uchun beriladi.

Rossiya davlat ommaviy axborot vositalarida Qodirovga bu unvon «berilgani» haqida yozilmoqda. Ammo, Nizomga ko‘ra, ushbu unvon aynan Checheniston rahbari tomonidan beriladi.

«Avvalroq men yigitlarimizning jasoratini to‘la qadrlaydigan «Checheniston Respublikasi Qahramoni» mukofotini ta’sis etish bo‘yicha topshiriq bergandim. Bu borada ham ishlar amalga oshirildi. Tez orada taniqli jangchilarni yangi mukofot bilan taqdirlaymiz», deb yozgan edi Qodirov oktabr oyida.

Avvalroq, Qodirovning «Checheniston rahbari» lavozimi nomiga «Mekxan Da» (Xalq otasi) unvoni qo‘shimcha qilingan edi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzon Qodirov o‘ziga Checheniston Qahramoni unvonini berdi