08:35 / 25.02.2023
455

“Do‘st emas” degan so‘z "dushman"dan ham battar – Zaxarova

“Do‘st emas” degan so‘z "dushman"dan ham battar – Zaxarova

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Jo Baydenning rossiyaliklarga qilgan murojaatiga munosabaat bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

AQSH prezidenti Jo Bayden Varshavada so‘zlagan nutqida na AQSH, na Yevropa Rossiyani bostirish yoki yo‘q qilish niyatida emasligini aytdi.

Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi maxsus operatsiyaning majburiy xarakteri haqidagi bayonotiga qarshi chiqishga urinib, "bunga hech qachon zarurat bo‘lmagan"nini qo‘shimcha qildi.

Mariya Zaxarova AQSH prezidentining NATO va G‘arb ruslarning dushmani emasligi haqidagi murojaatiga munosabat bildirib, “do‘st emas” so‘zi dushmandan ham battar ekanligini aytdi.

"Rus tilida "do‘st emas" degan ajoyib so‘z bor. Bu dushmandan ham battar", - deb yozdi Zaxarova o‘zining Telegram-kanalida.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Do‘st emas” degan so‘z "dushman"dan ham battar – Zaxarova