“Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh viloyatlarida o‘rtacha emas, maksimal darajada talabga javob beradigan harbiy holat joriy etilishi kerak”, degan Checheniston rahbari Ramzan Qodirov. Uning fikricha, Rossiya rasmiylari «ukrainalik diversantlar»ni ayblagan Bryansk viloyatiga bugungi hujum munosabati bilan bunday choralar to‘liq oqlanadi.
«Menimcha, ayrim hududlarda hozirda o‘rnatilgan o‘rtacha o‘rniga maksimal darajada javob beradigan harbiy holat joriy etilishi kerak edi. Ha, bu mahalliy aholi uchun noqulay bo‘lishi mumkin, ammo ular xavfsiz bo‘ladi», — deydi Qodirov.
Hozir harbiy holat faqat Ukrainaning bosib olingan hududlari – o‘zini o‘zi e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Zaporoje va Xerson viloyatlarida amal qiladi.
Qodirov, shuningdek, Bryansk viloyatiga hujum qilganlarga qattiq javob berish kerakligini talab qilgan. «Otib tashlash kerak. Nafaqat ularning o‘zi, balki Rossiyada yashashi mumkin bo‘lgan oilalarini ham javobgarlikka tortish lozim. Terrorchilar bilan noz-karashma qilishning vaqti emas», — degan Qodirov.
Telegram kanallari va davlat agentliklari xabariga ko‘ra, 50 kishilik guruh chegarani buzib o‘tib, Sushani va Lyubechani qishloqlariga kirib, bir necha mahalliy aholini garovga olgan, elektr podstansiyasi va yoqilg‘i quyish shoxobchasini portlatgan, bolalar o‘tirgan mashinaga qarata o‘q uzgan. Natijada ikki kishi o‘lgan va 10 yoshli bola jarohatlangan, keyin esa yo‘q bo‘lib qolishgan. Hech kim hibsga olinmagan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring