19:45 / 19.03.2023
683

Moskvadagi qurilishda Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari ommaviy mushtlashdi

Moskvadagi qurilishda Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari ommaviy mushtlashdi
Foto: Global Look Press
Moskvadagi turar joy majmuasi qurilishida Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda BAZA xabar berdi.
 
Hodisa 18 mart kuni tongda yuz bergan, “Ostrov” turar joy majmuasining ellikdan ortiq ishchisi armatura va bolg‘a bilan ommaviy mushtlashuv uyushtirgan. Nizoga quruvchilarning oshxonaga tashrif buyurish vaqtini kelisha olmagani sabab bo‘lgan. Xususan, O‘zbekiston fuqarolari tojikistonlik hamkasblaridan oldin ovqatlanishni xohlagani, biroq ular ham xuddi shunday bo‘lishini istagani ta’kidlangan.
 
Oqibatda ular o‘rtasida mushtlashuv boshlangan. Janjalda ishtirok etgan ayrimlar boshidan jarohat olgani, reanimatsiyaga olib ketilgani aytilmoqda. Mushtashuv ishtirokchilarining aksariyati politsiyaga olib ketilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo