22:38 / 23.03.2023
1 166

Ukraina razvedkasi Rossiya yana necha yil urush olib borishini prognoz qildi

Ukraina razvedkasi Rossiya yana necha yil urush olib borishini prognoz qildi
Foto: Reuters
Rossiya Ukrainaga qarshi urushni davom ettirish uchun hali ham iqtisodiy va harbiy resurslarga ega. Moskva 2024 yilda ham Ukraina bilan urush olib borishi mumkin. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Vadim Skibitskiy “RBK-Ukraina”ga ma’lum qildi.
 
Ular 2023 yil davomida urush olib borishi, bu uzog‘i 2024 yilda ham davom etishi mumkin. Agar gap odatiy urush haqida ketayotgan bo‘lsa. Agar sanksiyalar kuchaytirilsa, unda urushning kechishi qisqaradi”, — dedi u.
 
Skibitskiy Rossiya qo‘shinlari hujumga tayyorgarlik ko‘rayotgani, xususan, ular razvedka amaliyoti o‘tkazayotgani va Ukraina Qurolli kuchlari mudofaasidagi zaif tomonlarni aniqlashga harakat qilayotganini aytdi.
 
Biroq Rossiya bir vaqtning o‘zida 2-3 yo‘nalishda katta strategik hujumni amalga oshirishga qodir emas. Ayni paytda Xerson, Zaporoje viloyatlari va Qrimda Rossiya qo‘shinlari mudofaaga tayyorlanmoqda. Ayni damda ruslarning asosiy vazifasi Donetsk va Lugansk viloyatlari ma’muriy chegaralariga yetib borish”, — dedi Skibitskiy.
 
Shuningdek, u rus qo‘shinlari hujumni kuchaytirgani haqidagi gaplar Rossiyaning tashviqoti ekanini aytdi. Razvedka rasmiysi Rossiya armiyasida unchalik ko‘p kuchlar qolmagani, Belarusdan hujum qilish xavfini unutib turish mumkinligini ta’kidladi.
 
O‘z navbatida, Aleksandr Sirskiy Ukraina qo‘shinlari Baxmut yo‘nalishida hujumga o‘tmoqchi ekanini aytdi. Rossiya Qurolli kuchlari kuchsizlana boshlagani va Ukraina jangchilari esa tez orada harakat qila boshlashini bildirdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo