![Krasnoyarsk gubernatorining o‘g‘li Italiyada uy qamog‘idan qochdi](https://storage.kun.uz/source/9/qKsUj_yiTxP0BePVe9P7rJya7q8wmDub.jpg)
Artyom Uss / Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori o‘g‘li, tadbirkor Artyom Uss Italiyaning Milan shahrida uy qamog‘idan qochib ketdi. Bu haqda Italiya matbuotida xabarlar tarqaldi.
Mahalliy politsiya voqea joyiga yetib borgunga qadar u elektron bilaguzukni sindirib, kvartiradan qochib ketgan. Bir kun avval Milan apellyatsiya sudi uni AQSHga ekstraditsiyasini ma’qullagan edi. U yerda Artyom Uss sanksiyalarni buzish, noqonuniy operatsiyalar (jumladan Venesuela neftini sotish) va pul yuvishda ayblanmoqda. Unga Qo‘shma Shtatlarda 30 yillik qamoq jazosi tahdid qilyapti.
Uss 2022 yil 17 oktyabrda AQSH Adliya vazirligi talabiga binoan Milanda hibsga olingan. Amerika departamenti tadbirkor va yana besh nafar rossiyalikni sanksiyalardan qochish va pul yuvishda aybladi. Sud majlisida tadbirkor ayblovlarni rad etib, AQSHda oxirgi marta 14 yoshida bo‘lganini ta’kidladi.
27 oktyabr kuni Artyom Uss Rossiyada sirtdan hibsga olindi. Moskvaning Meshchanskiy tuman sudi pul yuvish ishi bo‘yicha tadbirkorni sirtdan hibsga olishga ruxsat berdi. Rossiya Bosh prokuraturasi Italiyaga tadbirkorni Rossiyaga ekstraditsiya qilish bo‘yicha so‘rov yubordi.
Yanvar oyidagi navbatdagi sud majlisida Uss AQSHga emas, Rossiyaga ekstraditsiya qilinishini so‘radi. Tadbirkorning himoyachilari Qo‘shma Shtatlarda ularning mijozi kamsitilishi mumkinligini ta’kidladilar.
21 mart kuni sud Ussni AQSHga ekstraditsiya qilishni ma’qulladi. Tadbirkorning advokatlari belgilangan 15 kun ichida qaror ustidan shikoyat qilishini aytishdi.
Hozirda Italiya politsiyasi Ussni qidirish ishlarini boshlab yuborgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar