06:00 / 25.03.2023
183

Dubayda 2024 yilda dunyodagi eng baland Ciel mehmonxonasi ochiladi

Dubayda 2024 yilda dunyodagi eng baland Ciel mehmonxonasi ochiladi
Foto: The First Group
The First Group (BAA) qurilish kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng baland mehmonxona 2024 yilning birinchi choragida Dubayda ochiladi.
 
82 qavatli, balandligi 365 metr bo‘lgan Ciel mehmonxonasi kelasi yilning boshida tayyor bo‘ladi. NORR arxitektura kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Ciel 1042 ta xonaga, shu jumladan 150 ta luks xonaga ega bo‘ladi.
 
Mehmonxonaning 81-qavatida Dubay gorizonti, Palm Jumeira va Arabiston ko‘rfazining panoramik manzaralarini tomosha qilish imkonini beruvchi kuzatuv maydonchasi, 76-qavatda esa peyzaj hovuzi va bar joylashadi.
 
«Biz Ciel mehmonxonasini Dubayda taqdim etganimizdan juda xursandmiz, bu yuqori darajadagi mehmondo‘stlikni belgilab beradigan va shahar taqdim etayotgan eng yaxshi narsalarni o‘z ichiga olgan loyiha», dedi Rob Byorns, The First Group bosh direktori.
 
«Pandemiya bilan bog‘liq muammolarga qaramay, biz katta yutuqlarga erishmoqdamiz va 2024 yilda mehmonxonaning rasmiy ochilishi sari qat’iy harakat qilyapmiz. Ciel o‘zining noyob dizayni, hashamatli qulayliklari va ajoyib manzaralari bilan mehmonlarga tengsiz hissiyotlarni taqdim etadi. Ciel shunchaki bino emas, balki Dubayning ambitsiyalari, innovatsiyalari, ijodkorligi va mukammalligi ramzidir», deb qo‘shimcha qildi Byorns.
 
Hozirgi vaqtda Dubayning boshqa mehmonxonasi Gevora Hotel 355 metr balandlikka ega dunyodagi eng baland mehmonxona hisoblanadi.
 
Dunyodagi eng baland bino ham Dubayda joylashgan - Burj Xalifa yerdan deyarli 830 metr balandlikka ko‘tariladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo