Foto: Reuters
Germaniya hukumati Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan Belarusda yadro quroli joylashtirilishini tanqid qildi. Bu haqda 25 mart, shanba kuni kechqurun Germaniya tashqi ishlar vazirligi vakili bayonotiga tayanib, dpa agentligi xabar berdi. Berlinda Putinning so‘zlari «yadroviy qo‘rqitishning navbatdagi urinishi» deb ataldi.
«NATOning qo‘shma yadroviy missiyalari bilan taqqoslash noto‘g‘ri va bu Rossiya tomonidan e’lon qilingan qadamni oqlay olmaydi», — dedi Germaniya TIV matbuot kotibi. Germaniya o‘zining yadro quroliga ega emas, ammo Amerika yadroviy kallaklari NATO doirasida uning hududida joylashtirilgan. Shu bilan birga, Germaniya hukumati Belarus bir necha bor xalqaro darajada o‘z hududida yadro qurolini joylashtirmaslik majburiyatini olganini eslatdi.
O‘z navbatida, AQSH ma’muriyati Vashington vaziyatni kuzatishda davom etishini aytdi. «Biz o‘z yadroviy kuchlarimizni joylashtirishni to‘g‘rilash uchun hech qanday sabab ko‘rmayapmiz, shuningdek, Rossiya yadroviy quroldan foydalanishga tayyorligini ko‘rsatuvchi belgilarni ham ko‘rmayapmiz. Biz NATO ittifoqi doirasida jamoaviy mudofaaga sodiq qolamiz», — deya ma’lum qildi Pentagon matbuot xizmati.
Bir kun oldin Vladimir Putin Rossiya Belarus hududiga taktik yadro qurolini joylashtirmoqchi ekanligini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiyaning yadro qurolini tarqatmaslik bo‘yicha majburiyatlarini buzmaydi, chunki Moskva ularni Belarus foydalanishiga bermaydi. Shu bilan birga, Putin AQSHda ham Yevropadagi ittifoqchilari hududida joylashtirilgan yadro qurollari borligini aytdi. «Biz ular o‘nlab yillar davomida qilgan ishni qilyapmiz, xolos», dedi u.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi