Britaniyaning “Challenger 2” tanklari Ukrainaga yetib keldi. Ular bilan birga Ukraina Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari Buyuk Britaniyada bir necha hafta davomida ularni boshqarish uchun o‘qitilib, uylariga qaytishdi.
Umuman olganda, London va’da qilingan 28 ta tankdan 14 tasini, shuningdek, bir nechta “Buldog” zirhli transport vositalarini va o‘ziyurar artilleriya moslamalarini yuborgan.
“Chellenjer”larni birinchilardan bo‘lib kutib olgan va hatto sinovdan o‘tkazganlardan biri Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov bo‘ldi.
Bir necha soat oldin Germaniya kansleri Olaf Shols uzoq kutilgan 18 ta “Leopard 2” tanki ham Ukrainaga yetib kelganini tasdiqladi.
«Ha, biz “Leopard” tanklarini va’da qilinganidek yetkazib berdik», degan Germaniya kansleri Olaf Shols.
“Challenger 2” ham, “Leopard 2” ham Ukrainaning mamlakat sharqida kutilayotgan hujumida muhim rol o‘ynashi kutilmoqda. Shu bilan birga, nemis tanklari ancha ko‘p, chunki ular Ukrainaga etkazib berishni e’lon qilgan bir qator Yevropa mamlakatlari armiyalarining bir qismidir.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar