Kecha, 2 aprel kuni Sankt-Peterburgdagi kafelarning birida rus harbiy jurnalisti Vladlen Tatarskiyning o‘limida gumonlanayotgan ayolning shaxsiga aniqlik kiritildi.
Mamlakat IIVga ko‘ra, Tatarskiyga haykalcha tortiq qilgan shaxs, 26 yoshli peterburglik Darya Trepovadir.
Ayni paytda Rossiya IIV tomonidan Darya Trepova qidiruvga berilgan. Uning eri Dmitriy Rilov portlashni sodir etishda sherik bo‘lganlikda gumonlanib qidirilmoqda.
Ayrim manbalar Trepova va Rilov Peterburgda Ukrainadagi urushga qarshi o‘tgan yil fevralida o‘tkazilgan namoyishlarda ishtirok etgani va bu uchun qo‘lga olingani to‘g‘risida ma’lum qilyapti. O‘shanda Rilov 9 sutkaga qamalgan.
Darya Trepova feministlar va sankt-peterburglik siyosiy faollar orasida «Dasha Tikovka» nomi bilan tanilgan. Kafedagi portlash arafasida u Moskvadan Sankt-Peterburgga qaytgan. Aynan u Vladlen Tatarskiy bilan uchrashuvga portlovchi moddalar yashiringan gipsli byustni olib kelgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar