![ISW «vagnerchilar» Baxmut markazini egallab olganini tasdiqladi](/uploads/posts/2023-04/wlrnh7orzch7ge_yq4f-okeb11zauuwc.jpg)
Foto: IMAGO
Amerika urushni o‘rganish instituti tahlilchilari Rossiya manbalarining «Vagner» XHK kuchlari Baxmut shahar ma’muriyati binosini egallab olgani haqidagi ma’lumotlarini tasdiqladi.
«Vagner» XHK ehtimol, Baxmutning markaziy qismini nazorat qilishni davom ettirishga urinib ko‘radi va shaharning zich joylashgan hududlari bo‘ylab Xromiviy yo‘nalishi bo‘yicha g‘arbga harakat qiladi», deb ta’kidladi institut.
ISW’ning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari vakillari Rossiyaning muntazam qo‘shinlari, xususan, havo-desant kuchlari «vagnerchilar» bilan birga Baxmutda faollashib borayotganini tasdiqlagan.
Avvalroq Kiyev Rossiya Baxmutga hujum qilish uchun desantchilarni yuborgani haqida xabar bergandi.
Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyarning so‘zlariga ko‘ra, Baxmut atrofidagi vaziyat juda keskinligicha qolmoqda. «Vagner» XHK yollanma askarlaridan tashqari, Rossiya shaharga kirish uchun professional desantchilar bo‘linmalarini yuborgan.
«Dushman shaxsiy tarkibi orasida nomutanosib ravishda katta yo‘qotishlar yuz berayotganiga qaramay, shaharni egallashga qaratilgan harakatlarni to‘xtatmayapti. Qarorlar hissiyot bilan qabul qilinyapti», dedi u.
Shu bilan birga, Ukraina Qurolli kuchlari qo‘shinlarining «Xortitsa» operativ-strategik guruhi qo‘mondonligi, Malyar so‘zlariga ko‘ra, «joyning o‘zida operativ vaziyatni to‘liq nazorat qilmoqda».
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar