Foto: Forbes
Italiyalik Klemente del Vekkio 18 yoshida dunyodagi eng yosh milliarderga aylandi. Bu haqda Forbes xabar berdi.
Dunyodagi eng badavlat odamlarning yangi reytingiga ko‘ra, del Vekkioning boyligi 3,5 milliard dollarga baholangan.
Eng yosh milliarder sifatida u Germaniyaning dm-drogerie dorixonalar tarmog‘idagi ulushni meros qilib olgan Kevin Devid Lemanni ortda qoldirdi.
Klemente Leonardo del Vekkioning eng kichik farzandi. U dunyodagi eng yirik ko‘zoynak ishlab chiqaruvchi Luxottica asoschisi edi. Shuningdek, Ray Ban va Oakley brendlariga egalik qiladi, Chanel, Giorgio Armani, Prada va Versace uchun ramkalar ishlab chiqaradi.
Italiyaning eng boy odamlaridan biri Leonardo del Vekkio 2022 yilning yozida vafot etgan.
Uning merosxo‘rlari — yetti nafar bola va ayoli Delfin xoldingidagi ulushga ega bo‘ldi. Bu orqali tadbirkor Luxottica, Generaly sug‘urta kompaniyasi, Mediobanca va UniCredit banklari va Covivio rivojlanish kompaniyasi aksiyalariga egalik qilgan.
May oyida Klemente 19 yoshga to‘ladi. Forbes'ning qayd etishicha, merosxo‘rning otaning biznesidagi o‘rni haqida ma’lumot yo‘q.
Umuman olganda, Forbes'ning yangi reytingiga 30 va undan kichik yoshdagi 15 milliarder kiritilgan. Ularning eng badavlati 30 yoshli Mark Mateschitzdir. U otasi Ditrix Mateschitz vafotidan keyin Red Bull kompaniyasining 49 foiz ulushini meros qilib olgan.
Forbes reytingidagi milliarderlarning o‘rtacha yoshi 65 yoshni tashkil qiladi. Eng keksa ishtirokchi Mercury General sug‘urta kompaniyasi asoschisi Jorj Jozef bo‘lib, sentyabr oyida 102 yoshga to‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar