14:54 / 05.04.2023
382

Indoneziyada to‘rt nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Indoneziyada to‘rt nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
Foto: ANTARA/Laily Rahmawaty
Antara agentligi xabariga ko‘ra, Indoneziya politsiyasining aksilterror otryadi ijtimoiy tarmoqlarda terrorchilik targ‘ibotini tarqatganlikda gumonlab, to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosini hibsga olgan.
 
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ular fevral oyida Istanbuldan Indoneziyaga Birlashgan Arab Amirliklari va Malayziya orqali tranzit yo‘nalishda kelgan. Ularning eng kichigi 26 yoshda, uch nafari - 28 yoshdan 40 yoshgacha.
 
Dastlabki tergovga ko‘ra, ulardan uch nafari Suriyada faoliyat yuritayotgan xalqaro terrorchilik tashkiloti tarkibiga kiradi. Yana bir o‘zbekistonlik ularga moddiy yordam ko‘rsatib, soxta hujjatlar taqdim etgan.
 
Qo‘lga olinganlardan biri tashkilot direktori bo‘lib, O‘zbekistondan Turkiyaga jo‘nab ketgan. Turkiyada bo‘lganida radikal tashviqotni tarqatish bilan shug‘ullangan. Shundan so‘ng u Suriyadagi lagerga jo‘natilgan.
 
«Hozirda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgan», — deyiladi Indoneziya politsiyasi xabarida.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo