Ukraina prezidenti adminstratsiyasi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyakning aytishicha, Kiyev 5-7 oy ichida Qrimni qaytarib olishi va Rossiya tomonidan qurilgan Qrim ko‘prigini buzib tashlashi mumkin.
Podolyak Radio Svobodaga bergan intervyusida ushbu fikrni bildirdi.
«Biz, albatta, Qrimda juda qisqa vaqt ichida, tarixiy nuqtai nazardan, olti oy, besh yoki yetti oy ichida bo‘lamiz», degan u.
Uning ta’kidlashicha, bu «matematik optimizm».
Podolyak, shuningdek, Ukraina Qrim ko‘prigini buzib, yarim oroldagi Rossiyaga oid barcha narsani yo‘qotishini aytgan.
Shuningdek, Ukraina pasportlarini Rossiyanikiga o‘zgartirganlarga ham chora ko‘riladi. Ukraina qoidalari bilan yashashga rozi bo‘lmaganlar ketishga majbur bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Qrim yarim orolini 2014 yil mart oyida anneksiya qilgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar