22:15 / 07.04.2023
304

Lavrov: Ukraina muzokaralari faqat Rossiya manfaatlarini hisobga olgan holda bo‘lishi mumkin

Lavrov: Ukraina muzokaralari faqat Rossiya manfaatlarini hisobga olgan holda bo‘lishi mumkin
Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muzokaralar faqat Rossiya Federatsiyasining qonuniy manfaatlari va xavotirlarini hisobga olgan holda amalga oshishi mumkin, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Anqarada.
 
Rossiya prezidenti ham, Rossiya Federatsiyasining boshqa vakillari ham buni bir necha bor takrorlashdi — biz muzokaralarni rad etmaymiz, ammo bu muzokaralar Rossiya qonuniy manfaatlari va xavfsizlik borasidagi xavotirlarini hisobga olgan holdagina o‘tishi mumkin", - dedi Lavrov.
 
Lavrov, shuningdek, mojaro boshlanmasdan oldin G‘arb davlatlari Rossiya xavotirlarini takabburlik va mensimaslik bilan munosabatda bo‘lganini eslatdi.
 
"Shuning uchun, ba’zi xalqaro ekspertlar, ma’lum mamlakatlar vakillari "endi Rossiyani, to‘g‘ri, muzokaralar stoliga o‘tqazaylik" degan tashabbuslarni ilgari surganda bir narsani unutmang: bugungi vaziyat AQSHning xalqaro munosabatlarda to‘liq gegemonlikni o‘rnatishga urinishlari oqibatida kelib chiqqan. Muzokarlarda yangi ko‘p qutbli dunyo tartibi haqida borishi kerak, bir gegemonli dunyo haqida haqida emas", - dedi Lavrov.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo