Vladimir Putin Belorussiya prezidenti Lukashenkoga uyquga to‘ymayotganidan nolidi

Vladimir Putin Belorussiya prezidenti Lukashenkoga uyquga to‘ymayotganidan nolidi
Vladimir Putin Belorussiya prezidenti Lukashenkoga uyquga to‘ymayotganidan nolidi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Minskdagshi uchrashuv paytida belorussiyalik hamkasbi Aleksandr Lukashenkoga uyquga to‘ymayotganidan nolidi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.

Minskdagi prezidentlar uchrashuvi oldidan Lukashenko Putindan hol-ahvol so‘radi. Unga javoban Putin, hammasi joyidaligini, faqat kam uxlayotganini aytgan. Putinning aytishicha, kechadan oldingi kun 4 soat uxlagan bo‘lsa, kecha atigi 5 soat uxlagan.

“Bu yomon”, — dedi Belorussiya prezidenti.

Putin 8 iyun kuni Minskka Rossiya va Belorussiya hududlari forumida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan. Yalpi majlis boshlanishidan oldin Putin Lukashenko bilan yakkama-yakka uchrashgan. Keyin majlis kengaytirilgan tartibda davom etdi.

Majlisda Belorussiyaga uzatilayotgan Rossiya gazining narxi muhokama etildi. Putin o‘z nutqida Belorussiyani qishloq xo‘jalik mahsulotlarini Rossiya bozorlariga etkazib berishga, sanksion tranzit tovarlarni esa o‘tkazmaslikka chaqirdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar