15:30 / 16.04.2023
389

Rossiya Ukrainadagi urushda 133 ta radar va radioelektron jang komplekslarini yo‘qotdi

Rossiya Ukrainadagi urushda 133 ta radar va radioelektron jang komplekslarini yo‘qotdi
Urush boshlanganidan beri Rossiya Ukrainada qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 133 ta radar va radioelektron jang komplekslarini yo‘qotdi. Bu haqda Molfa tahlil markazi yozmoqda.
 
«Biz jami urush boshlanganidan beri Rossiya armiyasi yo‘qotgan radar va radioelektron jang komplekslarini yo‘qotgani bo‘yicha 133 ta holatni aniqlashga muvaffaq bo‘ldik. Yo‘qotilgan komplekslarning umumiy miqdori 1 milliard dollardan ortiqni tashkil etadi. 37 turdagi komplekslar orasida 11 ta «Zoopark», 10 ta «Borisoglebsk» va 9 ta «Jitel» radiolokatsion stansiyasi borligini aniqladik», deyiladi xabarda.
 
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, Rossiya armiyasi Kiyev, Xarkov va Xerson yo‘nalishlarida qarshi hujum arafasida katta yo‘qotishlarga duch kelishgan. Vayron qilingan texnikalarning eng ko‘p qismi Xerson viloyatida yo‘q qilingan.
 
Shu bilan birga, ushbu komplekslarning taxminan 14 foizi Ukraina Qurolli kuchlari qo‘liga o‘tgan va hozirda Ukraina harbiylari tomonidan foydalanilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo