![“Spetsiya”ga gol urgan hujumchi avariyaga uchrab, qovurg‘asi sindi](/uploads/posts/2023-04/image_38.jpg)
Italiya chempionatining 30-turida Eldor Shomurodov o‘ynayotgan “Spetsiya” o‘z maydonida “Latsio”dan 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.
Uchrashuvda hisobni ochgan Chiro Immobile Rimga qaytganidan keyin avtohalokatga uchradi.
Voqea guvohlarining ma’lum qilishicha, “Latsio” sardori boshqaruvidagi mashina tramvay bilan to‘qnashgan. Bu vaziyatda tamvay haydovchisi yo‘l qoidasini buzgan.
- Tramvay svetoforning qizil chirog‘ida o‘tdi. Baxtimga hammasi yaxshilik bilan tugadi. Qo‘lim og‘riyapti xolos, - dedi Chiro Immobile.
![](/uploads/posts/2023-04/photo_2023-04-16-11_31-pic_32ratio_1200x800-1200x800-42533.jpg)
Avvaliga 33 yoshli futbolchi qo‘lidan yengil jarohat olgani aytilgandi. Biroq, o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijasi Immobileda xavotirga asos bo‘ladigan jarohat borligini aniqladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, to‘qnashuv chog‘ida Chironing umurtqa pog‘onasiga shikast yetgan va qovurg‘asi singgan. Endi tajribali hujumchi davolanishiga to‘g‘ri keladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar