19:00 / 18.04.2023
1 050

Putinning «xavfli» safarida Shoyguning yo‘qligi sababi izohlandi

Putinning «xavfli» safarida Shoyguning yo‘qligi sababi izohlandi
Peskov Putinning Ukrainadan egallab olingan Xersonga safarida Gerasimov va Shoyguning yo‘qligi «katta xavf tufayli» deb tushuntirdi.
 
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov va Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Vladimir Putinning safarida hamrohlik qilmagani sababini izohladi.
 
«Nega prezidentga Shoygu va Gerasimov hamrohlik qilmagani haqida ko‘p savollar berilyapti. Oliy Bosh qo‘mondon, Mudofaa vaziri va shtab boshlig‘ining bir joyda to‘planishi... albatta, bu katta xavf», — dedi Peskov.
 
Eslatib o‘tamiz, Putin kutilmaganda Xersonga borgani tashrifdan bir kun o‘tib ma’lum bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo