date
views 749

Qrimni Rossiyaga berish kerakligini aytgan Braziliya prezidenti Rossiyani tanqid qildi

Qrimni Rossiyaga berish kerakligini aytgan Braziliya prezidenti Rossiyani tanqid qildi
Foto: “TASS”
Braziliya prezidenti Lula da Silva Rossiyaning Ukraina hududiy yaxlitligini buzayotganini qoraladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
 
Avvalroq Qrim yarim orolini Rossiyaga berish kerakligi haqida gapirgan Lula da Silva Ukrainadagi urushni tugatishda vositachilik qilishni taklif qildi. U Ruminiya prezidenti Klaus Yohannis bilan kechki ziyofatda so‘zga chiqib, “Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatilishiga yordam berish” uchun bir guruh neytral davlatlar birlashishi kerakligini ta’kidladi.
 
Bungacha Braziliya prezidenti G‘arb davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali urushni cho‘zayotgani haqidagi gapirgandi. Shundan so‘ng G‘arb ittifoqchilari Lula da Silvani tanqid qilgandi.
 
Oq uy matbuot kotibi da Silvani “faktlarga e’tibor bermay, Rossiya va Xitoy propagandasini takrorlashda” ayblagan. Oq uy esa “Lulaning ovoz ohangi neytral emasligini bildirgan”.
 
Braziliya prezidentining Qrimni Rossiyaga berish taklifi
 
Braziliya prezidenti Lula da Silva Rossiya prezidenti Ukrainani egallab ololmasligi, ehtimol, “Qrimni muhokama qilish arzirli” ekanini aytgandi. U bu fikrni Xitoy yetakchisi bilan ham muhokama qilmoqchiligini va bu muvaffaqiyatli ekaniga ishonch bildirgan.
 
Braziliya prezidenti Zelenskiyning “istaklarini bajarish” mumkin emasligini ham qo‘shimcha qilgan. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi esa Lula da Silvaning Qrimni Rossiyaga berish taklifiga javoban Ukraina hududini savdolashmasligini ta’kidlagan.
 
Ukrainaning pozitsiyasi o‘zgarmagan — tinchlikni tiklash bo‘yicha har qanday vositachilik harakatlari BMT nizomi tamoyillariga muvofiq suverenitetni hurmat qilish va mamlakat hududiy yaxlitligini to‘liq tiklashga asoslanishi kerak.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qrimni Rossiyaga berish kerakligini aytgan Braziliya prezidenti Rossiyani tanqid qildi