06:00 / 20.04.2023
320

Turkiya tashqi ishlar vaziri: muxolifat hokimiyatga kelsa, mamlakatni urushga tortadi

Turkiya tashqi ishlar vaziri: muxolifat hokimiyatga kelsa, mamlakatni urushga tortadi
Foto: Foto: AFP via Getty Images
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li muxolifatni mamlakatni urushga tortishga urinayotganlikda aybladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
 
Diplomatga ko‘ra, Turkiya hozir Ukrainadagi urush masalasida muvozanatli siyosat yuritmoqda va davlatning ma’lum bir tomonni qo‘llab-quvvatlashiga hojat yo‘q.
 
«Ammo «biz ma’lum bir tomonni qo‘llab-quvvatlaymiz, muvozanatni buzamiz» deganlar hokimiyatga kelsa, Xudo ko‘rsatmasin, mamlakatni urushga tortadilar», dedi Chavusho‘g‘li.
 
Diplomat Turkiya Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishini tan olmagan bo‘lsa-da, Anqara hech bir tomonni qo‘llab-quvvatlamasligi kerakligini ta’kidladi.
 
Bungacha Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiya hukumati Ukrainadagi urush bo‘yicha muvozanatli va mulohazali siyosat olib borayotganini aytgan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo